ИKompaniya tarixi
Ichimlik retseptini 1898 yili Shimoliy Karolina shtatining Nyu-Bern shahridagi kichik dorixona sohibi, farmasevt — Kaleb Bredxem ishlab chiqqan. Bredxem vanil, kola yong'og'i va shakardan sirop tayyorlab, uni gazlangan suv bilan suyultirgach, ichimlikka Bred ichimligi (Bred's Drink) nomini beradi. Ushbu mahsulot ovqat hazm qilishni yaxshilash va kayfiyatni ko'tarish uchun mo'ljallangan edi.
Tez orada Kaleb mahsuloti nomini Pepsi-Cola deb o'zgartirdi, bu, ichimlikning pepsin (ovqat hazm qilishga yordam beruvchi ferment) va kola yong'og'idan tayyorlanganiga ishoradir. 1903 yili Bredxem Pepsi-Cola savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazib, ichimlikni Shimoliy Karolinadagi dorixona va do'konlarga sota boshladi. 1910 yilga kelib, Pepsini Amerikaning 24 shtatidan xarid qilish mumkin bo'ldi.
Brendning ommalashuvi kompaniyani marketing taktikasi ustida yanada ko'proq ishlashga undadi. Xususan, kompaniya taniqli shaxslarni mahsulot reklamasi uchun taklif qila boshladi, bu esa unga tobora kengroq iste'molchilar doirasini qamrab olish imkonini berdi. 1913 yili mashhur poygachi Barni Oldfild Pepsi-Colaning birinchi reklama yuzi bo'ldi. U Pepsini "poyga oldidan ichishga juda ham mos, jur'atbaxsh, tetiklantiruvchi ichimlik" deya ta'riflagan.
ТShunday qilib, PepsiCo kompaniyasi mahsulot reklamasi uchun mashhur shaxslarni jalb qilishga katta mablag' ajrata boshladi. 1956 yilga kelib, Pepsi butun jahon bo'ylab sotildi va 61 mamlakatdagi 149 ta zavodda ishlab chiqariladigan bo'ldi.
80 yillarning o'rtalarida korporasiya Maykl Jeksonni reklama s'yomkasiga taklif etdi va bu rolik televideniyeda mislsiz muvaffaqiyat qozondi. Kompaniya tarixi davomida Tina Tyorner, Gloriya Estefan, Layonel Richi, Beyonse, Britni Spirs, Pink, Enrike Iglesias, Devid Bekxem, Sofiya Vergara, Lionel Messi, Tyerri Anri kabi yulduzlar uning tijorat vakiliga aylanishgan.
Kompaniyaning O'zbekistondagi tarixi
"International Beverages Tashkent” MChJ QK (IBT) 2011 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchi “Sibur” negizida faoliyat boshlagan. Bugungi kunda IBT PepsiConing Markaziy Osiyodagi muvaffaqiyatli bottlerlaridan biri bo‘lib, Pepsi, Lipton, Adrenaline Rush, Mountain Dew, Mirinda va 7UP savdo markalari ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga mas’uldir.