Sertifikatlar
“IBT” MChJ XK alkogolsiz salqinlantiruvchi chimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxona bo‘lib, uning mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi bo'ylab barcha hududlarda sotiladi.
Iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish, iste'molchilarning talab va takliflarini maksimal darajada qondirish maqsadida korxona ISO 9001:2015 xalqaro sifat standarti va ISO 22 000:2018 oziq-ovqat xavfsizligi standarti hamda sertifikatlash sxemalarining FSSC 22 000, versiyasi 5.1. asosida Integratsiyalashgan menejment tizimini joriy etgan. Rahbariyat integratsiyalashgan menejment tizimi (IMT)ni ishchanlik holatida saqlash, korxona faoliyatini doimiy ravishda yaxshilash maqsadida IMT samaradorligini tahlil qilish va doimiy ravishda yaxshilash majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
BatafsilKorxonaning asosiy strategik maqsadlari.
- Butun oziq-ovqat zanjiridagi xavf va imkoniyatlar hamda HASSR tamoyillariga asoslangan zamonaviy tizimlarni joriy etish orqali mahsulot sifati va xavfsizligini ta'minlash;
- Tashkilotning maqsadi va kontekstiga mos kelish hamda uning strategik yo'nalishini qo'llab-quvvatlash
- Ishlab chiqarish infratuzilmasi va muhitini sifat jihatidan yaxshilash;
- Iste'molchilarning hozirgi va kelajakdagi so'rovlarini tahlil qilish asosida yangi yo'nalishlarni ishlab chiqish.
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
- Mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha belgilangan ko'rsatkichlarga erishish;
- Mahsulotlarni sotish uchun eksport bozorlarini rivojlantirish.
- O‘zbekiston Respublikasi va undan tashqarida yangi savdo bozorlarini rivojlantirish va saqlab qolish;
Yuqoridagi strategik vazifalardan kelib chiqib, “IBT” MChJ QK rahbariyati o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
- Xalqaro standartlar talablariga, qonunchilik, muvofiqlashtiruvchi talablar, PepsiCo talablari va iste'molchilar istaklari, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, xavfsizligi bilan bog'liq iste'molchilar talablariga muvofiqlikni ta'minlash;
- Belgilangan vazifalarni bajarishga erishish uchun barcha zarur resurslarni ta'minlash;
- Ushbu SIYOSATni tegishli manfaatdor tomonlarga taqdim etish;
- Sifat va oziq-ovqat xavfsizligi borasida kompaniya faoliyatini yaxshilash hamda takomillashtirishga qaratilgan yangi mezon va rivojlanish sur'atlarini belgilash;
- korxona bo‘limlarini malakali kadrlar bilan ta'minlash (jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, xavfsizligi borasida), kadrlar malakasini oshirish uchun sharoit yaratish va resurslar ajratish;
- Axborot almashinuvining ichki va tashqi sxemalari muvofiqligini ta'minlash.
Biz noalkogol salqinlantiruvchi ichimliklar iste'molchisining eng yaxshi tanlovi ramzi va bozordagi eng taniqli kompaniya sifatida nom qozonishga intilamiz.